Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqda, ro‘yxatga Ramzan Qodirovning onasi ham kiritildi

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqda, ro‘yxatga Ramzan Qodirovning onasi ham kiritildi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yana 11 bandga kengaytirdi.

Hukumat bayonotida ta’kidlanishicha, sanksiyalar Ukraina bolalarini majburan deportasiya qilish, ularni aqidaparastlikka o‘rgatish, harbiylashtirish va madaniy merosini yo‘q qilishda ishtirok etgan shaxs va tashkilotlarga qaratilgan.

Jami sakkiz nafar jismoniy va uchta yuridik shaxs, shu jumladan davlatga qarashli yoshlar tashkilotlari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Sanksiyalar “Axmat Qodirov jamg‘armasi” va uning prezidenti, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga ham taalluqli. Shuningdek, “O‘smirlar dasturlari markazi” rahbari Valeriy Mayorov va Rossiya Ta’lim vazirligi huzuridagi Davlat siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Anastasiya Akkuratova ham cheklovlarga duchor bo‘ldi.

Shu bilan birga, ro‘yxatga “G‘alaba ko‘ngillilari” va “Birinchi harakat” tashkilotlari, Totoriston Bosh vaziri o‘rinbosari Leyla Fazleeva, Checheniston IIV maxsus polki qo‘mondoni Zamid Chalayev, Totoriston yoshlar ishlari vaziri Rinat Sodiqov, shuningdek, Nataliya Tishenko va Aleksandrovlar ham kiritilgan.

Kiritildi: 18:59 03.09.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!