Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasini kengaytirdi

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasini kengaytirdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Neft tankerlarining soya floti1 va Moskvaning asosiy sug‘urta kompaniyasi ham qora ro‘yxatga kiritildi.

Ushbu chora-tadbirlar Rossiyaga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam beradigan yuzlab neft tankerlarini va ularni to‘qnashuv va neftning to‘kilishi kabi xavflardan sug‘urta qilgan «Ingosstrax»ni nishonga oladi, deyiladi Buyuk Britaniya hukumati bayonotida.

Ro‘yxatga turli sohalardan jami 50 ta yuridik va jismoniy shaxslar kiritilgan.

Cheklovlar BMTning yuk tashish nazorati tashkiloti dengizdagi yuk flotining o‘sishidan xavotir bildirganidan keyin kiritilgan. Biroq sanksiyalar qanchalik samarali bo‘lishi hozircha aniq emas.

Avvalroq Rossiyaning ayrim kemalari AQSh sanksiyalaridan keyin normal savdo qila olmay qolgandi. Eron va Venesuela kabi sanksiyaga uchragan davlatlar neft eksportini davom ettirish uchun ko‘p yillar davomida yashirin kemalardan foydalangani ma’lum.

Chorshanba kuni e’lon qilingan sanksiyalar AQShning shu kabi harakatlarining davomi hisoblanadi. Kelajakda Yevropa Ittifoqi ham xuddi shunday qadam tashlaydi. Yevropa Ittifoqi 10 ga yaqin kemaga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qilmoqda. Buyuk Britaniya hukumati bu qadamlar “G7” bilan kelishilganini aytdi.

Neft eksportiga qarshi choralar bilan bir qatorda suyultirilgan gaz sektoriga ham cheklovlar joriy etildi.

Sanksiyalar, shuningdek, Moskva birjasi, Rossiya qurolli kuchlari, jumladan, Xitoy, Isroil, Qirg‘iziston va Turkiyada joylashgan tuzilmalarni, shuningdek, Shimoliy Koreyadan Rossiyaga harbiy yuklarni olib o‘tuvchi kemalarga qarshi yo‘naltirilgan.

Kiritildi: 22:56 14.06.2024. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!