Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Britaniya radiosi yanglishib qirol Karl III ning vafot etganini e’lon qildi

Britaniya radiosi yanglishib qirol Karl III ning vafot etganini e’lon qildi

Britaniyaning Radio Caroline radiostansiyasi yanglishib qirol Karl III ning vafot etgani haqida xabar berdi.

Bu haqda The Independent gazetasi yozmoqda.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, 19 may kuni efirda monarxning vafoti haqidagi e’lon yangragan, shundan so‘ng Britaniya madhiyasi — "Xudo qirolni asrasin" qo‘yib berilgan.

Keyin esa odatiy ko‘rsatuvlar kutilmaganda uzilib qolgan va translyasiya taxminan 15 daqiqa davomida yo‘q bo‘lib ketgan.

Biroq, keyinroq boshlovchilar yana efirga chiqib, Karl III ning o‘limi haqidagi xabarni inkor etishdi. Ular tinglovchilardan uzr so‘rashdi va yuz bergan voqeani "kompyuter xatoligi" bilan izohlashdi.

Kiritildi: 23:40 20.05.2026. O'qildi: 162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!