Britaniya qamoqxonalarida saraton xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan xavfli radon gazi aniqlandi.
Bu haqda mahalliy The Independent gazetasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniyaning 16 ta qamoqxonasida ayollar va erkaklar uchun radioaktiv gazning xavfli darajasi qayd etilgan. Rasmiylar radon konsentrasiyasi "qabul qilinadigan darajadan yuqori" ekanligini tan olishdi.
Ba’zi qamoqxonalarda gaz darajasi me’yordan to‘qqiz baravar yuqori bo‘lgan. Ikkita qamoqxonadagi mahbuslar allaqachon advokatlarga murojaat qilib, qamoqxona ma’muriyatiga qarshi sud da’volarini tayyorlashni so‘rashgan.
Ishni ko‘rib chiqayotgan advokatlar mahbuslar ularga xirillash, charchoq va qon bilan yo‘talish shikoyatlari bilan murojaat qilganliklarini xabar qilishdi. Advokatlar shuningdek, ba’zi qamoqxonalarda mahbuslarga shunchaki "radon borligi va kuzatilayotgani" aytilganini va mahbuslar favqulodda vaziyat haqida batafsil ma’lumot ololmaganliklarini ta’kidladilar.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2024 yilda Prinstondagi erkaklar qamoqxonasi bo‘lgan HMP Dartmoorda xavfli radon darajasi aniqlangan va bu 200 dan ortiq mahbusning evakuasiya qilinishiga sabab bo‘lgan. Radon gazi HMP Dartmoor joylashgan Dartmur kabi granit konsentrasiyasi yuqori bo‘lgan hududlarda keng tarqalgan.