Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Britaniya Mudofaa vazirligi dronlarni urib tushiruvchi yangi RapidDestroyer elektron qurolini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

 Britaniya Mudofaa vazirligi dronlarni urib tushiruvchi yangi RapidDestroyer elektron qurolini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

Financial Times nashrining Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib xabar berishicha, kuchli radiochastotalar orqali ishlovchi ushbu qurol kelajakda Ukrainada qo‘llanilishi mumkin.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, sinovlar chog‘ida sakkiztadan iborat ikkita dron guruhini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lingan, umumiy hisobda esa hozirgacha 100 dan ortiq dron yo‘q qilingan.

RapidDestroyer Fransiyaning Thales mudofaa sanoati giganti boshchiligidagi konsorsium tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilma yuk mashinasi kuzovida tashiladi va uning ishlashi uchun katta miqdorda energiya talab etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya lazerli qurolni ham muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 12:27 17.04.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!