Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Britaniya maxsus xizmati imkoniyatlarini kengaytiradi

Britaniya maxsus xizmati imkoniyatlarini kengaytiradi

Britaniya sheriklari bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun maxsus xizmat imkoniyatlarini kengaytirishda davom etadi va xorijga o‘z xodimlarini ko‘proq joylashtiradi, deyiladi mamlakatning yangilangan mudofaa strategiyasiga (Integrated Review Refresh 2023) bag‘ishlangan hujjatida.

“Biz razvedka xizmatimiz imkoniyatlarini kengaytirish va ularning ham maxfiy, ham oshkora faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan vakolatini oshirishda davom etamiz. Biz sheriklar bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun xorijga yanada ko‘p xodimlarimizni joylashtiramiz”, – deyiladi hujjatda.

“Britaniya, shuningdek, ommaviy va tijoriy ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha hukumat imkoniyatlarini yanada yaxshilash uchun ochiq manbalarni o‘rganuvchi yangi razvedka markazini ham tashkil etadi”, deyiladi hujjatda.

Kiritildi: 02:21 15.03.2023. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!