Buyuk Britaniya hukumati o‘zining "Britaniyani ish bilan ta’minlash" dasturi doirasida o‘n minglab mahbuslar va sobiq mahbuslar yordamida ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etishga intilmoqda.
Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
"Agar biron-bir mintaqada, masalan, qurilish ishchilari yetishmasa, mahalliy qamoqxonalarda mahkumlar uchun o‘quv kurslari tashkil etilishi mumkin, shunda ular ozodlikka chiqqandan keyin muammoni hal qilishda yordam berishi mumkin", — deya hukumatdagi manba so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda nashr.
Bundan tashqari, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarga ishga joylashish va "korxona rahbarlari bilan yaqinroq aloqa" o‘rnatishda ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish maqsadida bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyat yuritadi.
London bandlik bo‘yicha maslahat kengashlari orqali ko‘proq ish beruvchilarni sobiq mahbuslarni, shu jumladan mehmondo‘stlik sanoatida yollashga undamoqchi.
Seshanba kuni chop etilishi kutilayotgan oq qog‘oz sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lgan mahbuslar va yosh jinoyatchilarga qaratilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ular "ta’lim va ishga olish tashabbuslari bilan bog‘liq foyda olishlari mumkin".