Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan go‘sht va sut mahsulotlarini mamlakatga olib kirishni taqiqladi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, bu choralar oyoq va og‘iz kasalligiga qarshi profilaktik choralar doirasida joriy qilindi.
Buyuk Britaniya Atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, endilikda sayohatchilar o‘z ehtiyoji uchun ham Yevropa Ittifoqi davlatlaridan chorva go‘shti yoki sut mahsulotlarini mamlakatga olib kira olmaydi.
Taqiq sigir, qo‘y, echki va cho‘chqa go‘shti, sut va undan tayyorlangan mahsulotlar (pishloq, qaymoq), go‘shtli sandvichlar, qayta ishlangan yoki xom mahsulotlar o‘z ichiga oladi.
Mutasaddilar ushbu taqiq Buyuk Britaniyadagi chorva salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini himoya qilish uchun kiritilganini ta’kidlamoqda. Hozirga qadar mamlakatda oyoq va og‘iz kasalligi aniqlanmagan.