Nashrning xabar berishicha, Qirollik harbiy-dengiz flotining birorta ham "hunter-killer" toifasidagi atom suvosti kemasi ayni paytda navbatchilikda emas.
Suvosti kemalarining bir qismi uzoq muddatli texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida bo‘lsa, bir qismi sohil yaqinida turibdi. Yana biri esa sinovlardan o‘tmoqda va hali xizmatga tayyor emas.
UK Defence Journal'ning ta’kidlashicha, bu muammo ta’mirlash quvvatlari, ehtiyot qismlar va malakali mutaxassislar yetishmasligi bilan bog‘liq.