Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Britaniya Brexit’dan keyingi birinchi yirik savdo bitimini imzoladi

A A A
Britaniya Brexit’dan keyingi birinchi yirik savdo bitimini imzoladi

Buyuk Britaniya Yaponiya bilan erkin savdo rejimini o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Bu Londonning Brexit’dan keyingi birinchi yirik savdo shartnomasi bo‘ldi, deb yozmoqda Interfaks.

"Birlashgan Qirollik o‘zini mustaqil mamlakat sifatida Yaponiya bilan hamkorlikni 15,2 milliard funt sterling (19,5 milliard dollar)ga oshiruvchi Buyuk Britaniya uchun birinchi yirik kelishuvga aylangan erkin savdo shartnomasi bilan ta’minladi", deyiladi Buyuk Britaniyaning tashqi savdo vazirligi bayonotida.

Ta’kidlanishicha, shartnoma bugun, 11 sentabr kuni Buyuk Britaniyaning tashqi savdo vaziri Liz Trass hamda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Motegi Tosimisu tomonidan videoqo‘ng‘iroq davomida ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, London ushbu bitimdan Yaponiyaga eksport qiluvchi ingliz kompaniyalarining aniq afzalliklarga ega bo‘lishi hamda Buyuk Britaniyada yangi ish o‘rinlari yaratilishini kutmoqda.

Shuningdek, bayonotga ko‘ra, kelishuv Buyuk Britaniyaning Transtinchokeani savdo sherikligi to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishidagi muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, kelishuv natijasida Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga taxminan 1,9 milliard dollar kelishi, shuningdek, mamlakat ishchilarining ish haqi uzoq muddatli istiqbolda 1 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

 

 

 

 

Kiritildi: 20:24 12.09.2020. O'qildi: 2200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!