Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Britaniya AQShga qarshi javob tariflari uchun tovarlar ro‘yxatini e’lon qildi

Britaniya AQShga qarshi javob tariflari uchun tovarlar ro‘yxatini e’lon qildi

Buyuk Britaniya hukumati AQSh harakatlariga javoban bojlar joriy etilishi mumkin bo‘lgan 8300 dan ortiq tovarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tegishli hujjat Buyuk Britaniya biznes va savdo departamenti saytida e’lon qilingan.

400 betlik ro‘yxatda juda keng assortimentdagi tovarlar, jumladan, otlar, sigirlar, cho‘chqalar, kurkalar, qo‘ylar, tovuqlar va ulardan go‘sht mahsulotlari, baliq va dengiz mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar, don ekinlari va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, urug‘lar, yog‘lar, o‘g‘itlar, kosmetika mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, metall prokatlari, barcha turdagi qurilish materiallari, maishiy texnika buyumlari joy olgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, bu ularning qaysi biri Buyuk Britaniyaning tariflar shaklida mumkin bo‘lgan javobiga duchor bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun tovarlarning indikativ ro‘yxatidir.

Departamentga ko‘ra, e’lon qilingan ro‘yxat Britaniya biznesi vakillari o‘rtasida hukumat tomonidan boshlangan so‘rovnoma uchun asos bo‘lishi kerak. Korxonalar 2025 yilning 1 mayiga qadar Buyuk Britaniyaning javobi qanday bo‘lishi haqida o‘z fikrlarini bildirishlari kerak.

Kiritildi: 20:01 03.04.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!