116ru portali manbalariga tayanib, shahardagi texnikumlardan birining o‘quvchilari va bir nechta korxona xodimlariga eski mashinalarni haydamaslik haqida ko‘rsatma berilgani haqida xabar berdi. Ularga shahar bo‘ylab harakatlanishda jamoat transportida foydalanish tavsiya qilindi.
BRIKS sammiti Qozonda 22-24 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu vaqtda shahardagi maktablar o‘quvchilari ta’tilga chiqadi, talabalar masofadan turib o‘qiydi, xususiy korxonalar xodimlariga masofadan ishlash tavsiya etildi, mahalliy madaniyat markazlari, muzeylar va kutubxonalar yopiladi. “RBK” nashri xabariga ko‘ra, Qozon hukumati eski mashinalar taqiqlangani haqidagi ma’lumotni rad etmoqda.