Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

BRIKS mamlakatlari Falastinni okkupasiyadan ozod qilishga chaqirdi

BRIKS mamlakatlari Falastinni okkupasiyadan ozod qilishga chaqirdi

Birlashma mamlakatlari Isroilni xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarga qaytishga chaqirdi.

BRIKS mamlakatlari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatladi va falastinliklarni majburan ko‘chirishga qarshi chiqdi. Bu haqda birlashma ishtirokchilari tomonidan kelishilgan 2026 yilgi Yangi Dehli deklarasiyasida aytilgan.

Deklarasiyada mamlakatlar Falastin-Isroil mojarosini ikki davlat tamoyili asosida uzoq muddatli hal etishni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Ishtirokchilar adolatli va barqaror kelishuvga faqat tinch yo‘llar orqali erishish mumkinligini ta’kidladi.

BRIKS, shuningdek, Falastin xalqining qonuniy huquqlarini, jumladan, o‘z taqdirini o‘zi belgilash va o‘z yurtiga qaytish huquqini ta’minlash zarurligini bildirdi. Hujjatda falastinliklarni majburan ko‘chirish alohida qoralangan.

Bundan tashqari, birlashma mamlakatlari Falastinga tegishli xalqaro tashkilotlarda, jumladan, ko‘p tomonlama moliyaviy institutlarda to‘liq va munosib vakillikni ta’minlash, shuningdek, ushbu tashkilotlar resurslaridan foydalanish imkoniyatini berishga chaqirdi.

Deklarasiyada, shuningdek, Isroil-Falastin mojarosini hal qilish uchun 1967 yilgi chegaralarni asos sifatida qo‘llab-quvvatlash belgilab qo‘yilgan.

Kiritildi: 20:15 13.09.2026. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!