Avvalroq davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib 27 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru Braziliyadagi Federal polisiya hibsxonasida jazoni o‘ta boshladi.
Bu haqda Federal Oliy sud (STF) sudyasi Aleshandri di Morays sudning sud majlisi yakunlari bo‘yicha bu haqda ma’lum qilgan.
"Men Jair Messias Bolsonaru 27 yil 3 oylik qattiq tartibdagi qamoq jazosini, jumladan 24 yilu 9 oy qamoq va 2 yil 6 oy qamoqqa olish jazosini o‘tashni buyurdim", dedi sudya.
Sud, shuningdek, sobiq prezident ishi bo‘yicha boshqa murojaatlar qabul qilinmasligi haqida qaror chiqardi. Bolsonaru 22 noyabr kuni to‘pig‘idagi elektron kuzatuv bilaguzukni buzishga uringani uchun hibsga olingan edi.