Braziliyaning Belem shahridagi COP30 iqlim konferensiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, deb xabar beradi The Guardian.
Yong‘in chiqqan pavilyondan odamlar evakuasiya qilingan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar tezda olovni o‘chirdilar.
“Yong‘in sababi tergov davomida aniqlanadi, biroq men bu qasddan sodir etilgan jinoyat ekanligiga shubha qilaman”, — dedi Braziliya turizm vaziri Selso Sabino.
Yong‘in konferensiyadagi muhokamalarga jiddiy to‘sqinlik qildi, chunki muzokaralarning yakuniy bosqichi yaqinlashib qolgan edi.
“COP30da BMTning iqlim bo‘yicha faoliyatini, xalq plenar majlisi va muzokaralarga to‘sqinlik qilgan yong‘in, afsuski, yorqin metaforaga aylandi”, — dedi Jes Vesponte, amerikalik faol.
Braziliyaning Belem shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 30-konferensiyasida 12 davlatdan iborat guruh iqlim o‘zgarishi bo‘yicha deklarasiyani imzolagan.