Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Braziliyada 700 kilometrlik chaqmoq kuzatildi.

Braziliyada 700 kilometrlik chaqmoq kuzatildi.

Psys.org nashrining xabar berishicha, «megachaqmoq» Braziliyaning janubiy qismida qayd qilingan. Qo‘mitada ta’kidlanishicha, bu uzunlik AQShning Boston va Vashington shaharlari yoki London va Shveysariyaning Bazel shaharlari o‘rtasidagi masofaga teng. Avvalgi rekord natija 2 marta kichikroq bo‘lgan: AQShning Oklahoma shtatida 2007 yil 20 iyunda qayd qilingan chaqmoqning uzunligi 321 kmni tashkil qilgan.  

Rekord chaqmoqlar yerga yaqin orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar bortidagi chaqmoqlarni kuzatish qurilmasi yordamida qayd qilingan.

Bundan tashqari, mutaxassislar chaqmoq davomiyligi bo‘yicha yangi rekord qayd qilinganini ma’lum qilishgan. Ularning ta’kidlashicha, Argentinaning shimoliy qismi uzra 2019 yil 4 mart kuni yuz bergan chaqmoq osmonda 16,73 soniya ushlanib turgan. Bu boradagi avvalgi rekord 7,74 soniyani tashkil qilib, 2012 yil 30 avgustda Fransiyadagi momaqaldiroq vaqtida qayd qilingan.

Qo‘mita vakili Rendall Chervenining ta’kidlashicha, texnologiyalar mukammallashgani sayin olimlar bundan ham kattaroq rekordlarni qayd qilishlari mumkin bo‘ladi. Bunday tabiat hodisalari haqidagi ma’lumotlar esa Butunjahon meteorologik tashkilotining ekstremal ob-havo va iqlim hodisalari arxivida saqlanadi.

Kiritildi: 23:11 29.06.2020. O'qildi: 3272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!