"Nyukasl"ning braziliyalik yarim himoyachisi Bruno Gimaraes "Manchester Siti" short-listiga kiritilgan.
Jurnalist Li Rayderning yozishicha, iyun oyi boshida "Nyukasl" "Manchester Siti"ning 27 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha taklifini rad etgan edi. Manbaga ko‘ra, Gimaraesning o‘zi "qarg‘alar" safini tark etishni istamagan va faoliyatini klubda davom ettirish istagini bildirgan. Shu sabab "shaharliklar" Tidjani Reynders variantiga o‘tishdi.
Gimaraes 2022 yilda "Nyukasl" futbolchisiga aylangandi. Joriy mavsumda xavbek barcha musobaqalarda beshta o‘yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
Transfermarkt internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalikning narxi 80 million yevroni tashkil etadi.