Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li 4 yildan ortiq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi

Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li 4 yildan ortiq muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi

Braziliya Oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Jair Bolsonaruning o‘g‘li Eduardu Bolsonaruni sirtdan to‘rt yil ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

41 yoshli Eduardu Bolsonaruga nisbatan chiqarilgan hukm uning otasiga qarshi davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha ish yuzasidan AQShda lobbichilik faoliyati olib borgani bilan bog‘liq. Tergovchilarning fikricha, u Vashingtonni Braziliyaga qarshi tariflar yoki sanksiyalar joriy etishga undash orqali mamlakat sud tizimiga bosim o‘tkazishga harakat qilgan.

Sobiq kongress a’zosi Eduardu Bolsonaru o‘tgan yili AQShga ko‘chib o‘tgan va hozirda Texas shtatida yashamoqda. U sud qarorini «asossiz va kulgili» deb atab, bu ish siyosiy sabablarga ko‘ra qo‘zg‘atilganini bildirdi.

Eduardu Bolsonaru ijtimoiy tarmoqlarda sudyalar uning siyosiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va kelajakda saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum etishga urinayotganini ta’kidladi. Shuningdek, u sud jarayoni haqida rasman xabardor qilinmaganini, ish tafsilotlarini ommaviy axborot vositalari orqali bilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:05 17.06.2026. O'qildi: 1110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!