Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Braziliya prezidentining miyasi operasiya qilindi

Braziliya prezidentining miyasi operasiya qilindi

Braziliya prezidenti Luis Inaciu Lula da Silva bosh miyadagi gematomani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va uning ahvoli barqaror, deya xabar bermoqda Globo Sirio-Libanes klinikasi bayonotiga tayanib.

9 dekabr kuni kechqurun 79 yoshli davlat rahbari bosh og‘rig‘i shikoyati bilan shifoxonaga yetkazilgan. MRT tekshiruvida intrakranial qon ketishi aniqlangan, bu 19-oktabr kuni Lula da Silva yiqilib, boshining orqa qismiga urilgan hodisa tufayli yuzaga kelgan.

Tibbiy guruh kraniotomiya, ya’ni natijada paydo bo‘lgan gematomani olib tashlash uchun bosh suyagini ochishni o‘z ichiga olgan jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi. Operasiya muvaffaqiyatli va asoratlarsiz o‘tdi.

Kasalxona ma’lumotlariga ko‘ra, prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda va reanimasiya bo‘limida doimiy kuzatuv ostida.

Avvalroq, 20-oktabr kuni prezident sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Qozondagi BRIKS sammitidagi ishtirokini bekor qilgani xabar qilingandi. Keyin u yashash joyida yiqilib, boshidan jarohat olgan, ammo shifokorlar uni kasalxonaga yotqizishni zarur deb bilishmagan.

Kiritildi: 04:16 11.12.2024. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!