Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Braziliya koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Braziliya koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

 Braziliya koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari soni bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi, deya xabar berdi dw.com.

AQShning Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 23 mayga o‘tar kechasi holatiga ko‘ra, Braziliyada 330 890 koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, Rossiyada esa bemorlar soni 326 448 nafarni tashkil qilmoqda.

So‘nggi 24 soat ichida Braziliyada 20 803 kishi koronavirus bilan kasallangan, bu mamlakatdagi pandemiya paytidagi rekord ko‘rsatkich. Infeksiya tufayli bir kunda 1001 kishi, pandemiya boshlangandan beri 21048 kishi vafot etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda holatlar bo‘yicha rahbari Mayk Rayan juma kuni Janubiy Amerikani «kasallikning yangi o‘chog‘i», Braziliyani esa «eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat» deb atadi. Rayan, mamlakatda eng ko‘p COVID-19 infeksiyasi va o‘limiga ega bo‘lgan Amazonka mintaqasiga e’tibor qaratishga undamoqda.


 

Kiritildi: 10:52 23.05.2020. O'qildi: 2715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!