Braziliya terma jamoasini katta ehtimol bilan Karlo Anchelotti boshqaradi.
AS nashri xabariga ko‘ra, 65 yoshli italiyalik mutaxassis kelasi hafta Braziliya futbol federasiyasi (CBF) bilan shartnoma imzolaydi.
"Pentakampeonlar" CBF prezidenti Ednaldo Rodriges duch kelgan huquqiy muammolar tufayli madridliklar ustozi bilan imkon qadar tezroq shartnoma tuzmoqchi.
Agar Rodriges ishdan bo‘shatilsa, Anchelottining Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi xavf ostida qolishi mumkin.