Braziliya terma jamoasi klasikolardan so‘ng Karlo Anchelotti bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Real" bosh murabbiyi Braziliya terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, italiyalik futbolchi Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) prezidenti Ednaldo Rodriges bilan kelishuvga erishgan.
Ayni damda Anchelotti "Madrid"da ishlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqda, ammo CBF tez orada kelishuvga erishmoqchi.
AS xabariga ko‘ra, CBF La Ligada "Barselona" bilan klasiko o‘yinining ertasiga, 12 may kuni yangi murabbiy bilan shartnoma imzolamoqchi.