Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Bozorlardagi narx-navo: Eng arzon go‘sht qayerda? 

Bozorlardagi narx-navo: Eng arzon go‘sht qayerda? 

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 19 may kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg. mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da qayd etilgan (2 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (7 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 500 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (500 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 7 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori»da qayd etildi (7 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus» navli guruch 4 000 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i (8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da, Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori»da, Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da, Navoiy shahrining «Saxovat» bozorida, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori»da, Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori» hamda «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi.

Kiritildi: 08:53 21.05.2020. O'qildi: 3814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!