Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yana neft aralash suyuqlik oqayotgani kuzatilmoqda.

Ayni damda holat Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolisiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga voqea joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, bugun tonggi 06:30da kuchli sel kelishi natijasida handaqni buzib ketgan va natijada neft aralash suyuqlik oqib chiqqan. Hozirda o‘rganish davom etmoqda va natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!