Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish va uning merosini targ‘ib etish maqsadida:
🔸Toshkentda Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi;
🔸Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi;
🔸2026 yildan boshlab har ikki yilda estrada san’ati bo‘yicha xalqaro ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.
Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film suratga olinadi.