✅ Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda intellektual mulk huquqlariga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar va qo‘llanilayotgan ta’sir choralariga qaramasdan, hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.
✅ Xususan, vazirlik tomonidan “Hugo Boss AG” (Germaniya) kompaniyasining “Boss” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “D.W.” MCHJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.
✅ O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Boss” tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar “D.W.” MCHJ tomonidan sotuvga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.
✅ Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “D.W.” MCHJga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda sotuv uchun saqlab kelinayotgan 173 dona kontrafakt mahsulotni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.
⚠️ Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizini ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz! — deyiladi xabarda.