Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bosqinga tayyorgarlik ko‘rgan Kanada 51-shtatiga aylanadimi?

Bosqinga tayyorgarlik ko‘rgan Kanada 51-shtatiga aylanadimi?

Kanada hukumati yaqin vaqtlargacha AQSh tomonidan harbiy bosqin ehtimolini ham ko‘rib chiqqan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mark Karni ma’lum qildi.

Karnining aytishicha, AQShning Kanadaga harbiy hujumi eng ehtimoliy ssenariy emas. Biroq bunday ehtimolni umuman hisobga olmaslik «mas’uliyatsizlik bo‘lar edi». Bosh vazir buni oddiy «xavflarni boshqarish» jarayoni deb atadi.

Karnining bayonoti Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Kanadaga Yevropa Ittifoqi bilan yaqinroq hamkorlik qilishni taklif qilganidan bir hafta o‘tib yangradi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa bu qadamni ehtimoliy «dushmanlik harakati» deb atagan.

So‘nggi oylarda Ottava va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. AQSh Kanadadan import qilinadigan ayrim tovarlarga 50 foizlik boj joriy qildi. Tramp esa bir necha bor Kanada AQShning 51-shtatiga aylanishi mumkinligi haqida gapirdi.

Shu bilan birga, ikki davlat tarixan yaqin munosabatlarga ega va ular o‘rtasida dunyodagi eng uzun qo‘riqlanmaydigan quruqlik chegarasi mavjud.

Harbiy salohiyat borasida esa farq katta: AQShda taxminan 1,3 million nafar faol harbiy xizmatchi bor, Kanadada esa muntazam va zaxira kuchlarini qo‘shganda 100 mingdan biroz ortiq harbiy xizmatchi mavjud.

Kiritildi: 21:15 25.09.2026. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!