Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azoda HAMAS harakatiga qarshi urushni yakunlamasligini va “to‘liq g‘alaba”ga erishmaguncha to‘xtamasligini bildirdi. Bu bayonot falastinlik aholisi bosqin va qon to‘kilishidan aziyat chekayotgan bir paytda yangradi.
“Biz urushni yakunlaganimiz yo‘q. Biz G‘azoda mutlaq g‘alabaga erishamiz. Bu maqsaddan bir daqiqa ham chekinmaymiz va kuchli armiyamizni to‘liq ishga solamiz”, — dedi Netanyaxu.
Netanyaxuning aytishicha, Isroil hukumati vazirlar majlisida “keyingi bosqich”ni muhokama qilmoqchi. Uning ta’kidicha, asosiy maqsadlar — “garovdagi shaxslarni ozod etish” va “HAMASni yo‘q qilish”dir. Ammo amalda bu harakatlar falastinliklarning umumiy jazolanishiga, tinch aholining qirilishiga olib kelmoqda.
18 mart kuni Isroil armiyasi G‘azoga nisbatan ommaviy havo va quruqlik zarbalarini boshlab, yanvardagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzdi.
Falastinliklar bu urushda o‘z vatanini, or-nomusini va mustaqilligini himoya qilmoqda. Ular XAMASni qutqaruvchi kuch deb biladi va G‘azodagi qarshilik harakati bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirmoqda.