Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Boshqa ishga o‘tkazilish vaji bilan ishdan bo‘shatilgan xodim Ombudsmanga murojaat qildi

A A A
Boshqa ishga o‘tkazilish vaji bilan ishdan bo‘shatilgan xodim Ombudsmanga murojaat qildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Andijon shahridan fuqaro K.I. ishdan noqonuniy ravishda bo‘shatilganligi bo‘yicha murojaat qilib, uning mehnat huquqlarini tiklashda yordam so‘radi.

Murojaatchining yozishicha, u “Xonabod issiqlik elektrostansiyasi” unitar korxonasida ishlab kelgan. Mazkur korxona rahbari fuqaro K.I. ni boshqa bo‘limga ishga o‘tkazishni va’da qilib, uning o‘rta maxsus ta’lim darajasiga qoniqmay xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini asossiz ravishda bekor qilgan. Murojaatchiga bir oylik ish haqi ham to‘lab berilmagan.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olindi. Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili holatni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mehnat inspeksiyasidan ekspertlarni jalb qilgan holda o‘rgandi.

Mehnat qonunchiligining buzilgani bo‘yicha ish beruvchiga huquqiy tushuntirish berildi. Natijada murojaatchi K.I. avvalgi lavozimiga tenglashtirilgan joyga ishga tiklandi va unga salkam 2 mln so‘m miqdordagi 1 oylik ish haqi to‘liq to‘lab berildi.

Kiritildi: 19:30 14.03.2024. O'qildi: 1274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!