Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (447-son, 18.08.2026 y.) bilan “Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 🔰 Ushbu Reglament muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga (Markaz) joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 📜 Reglamentga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari hamda mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan: ➖ ko‘cha, vokzal, bozor, yer osti yo‘laklari, yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar aniqlanadi hamda ularga Markaz xizmatlaridan foydalanish taklif etiladi. ✍🏻 Voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs joylashish uchun Markazga bevosita murojaat qiladi. 🔘 Bunda voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning voyaga yetmagan farzandlari mavjud bo‘lsa, ular ushbu shaxs bilan birgalikda joylashtiriladi. 🔎 Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul bo‘limlari tomonidan ular olib kelingan vaqtda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. ✅ Mazkur tibbiy ko‘rikda shaxsda Markazga joylashtirishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari hamda yuqumli kasalliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda Markazga qabul qilinadi. 🧾 Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan so‘rovnomani to‘ldirish uchun ma’lumotlarning taqdim etilishi, uning Markazga joylashtirish, Markazning ichki tartib-qoidalariga amal qilishga roziligini bildiradi. 🕰 So‘rovnoma shakllantirilganidan so‘ng muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs Markazga 7 kunga joylashtiriladi. ⏳ Ayrim belgilangan holatlarda Markazda qolish muddati 6 oyga uzaytirilishi mumkin.
Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!