Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Bosh vazir Abdulla Aripov Digital Almaty 2025 xalqaro raqamli forumida taqdimot o‘tkazdi

Bosh vazir Abdulla Aripov Digital Almaty 2025 xalqaro raqamli forumida taqdimot o‘tkazdi

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Eron Bosh vazirlari, Armaniston Bosh vazirining o‘rinbosari va boshqalar qatnashgan majlisda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, O‘zbekistonni sun’iy idrok texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida taqdimot qildi.

Shuningdek, raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari, shu jumladan, mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.

Kiritildi: 14:28 31.01.2025. O'qildi: 1333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!