Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

Bosh prokuratura xodimi Oliy sud xodimlari bilan til biriktirib, fuqarolarning murojaatlarini biznesga aylantirgani rostmi?

A A A
Bosh prokuratura xodimi Oliy sud xodimlari bilan til biriktirib, fuqarolarning murojaatlarini biznesga aylantirgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro D.Xudayqulov nomidan Bosh prokuratura xodimining Oliy sud xodimlari bilan til biriktirib, fuqarolarning murojaatlarini biznesga aylantirganligi va boshqa holatlar haqidagi xabar e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, avvlroq fuqaro D.Xudayqulovning o‘ziga nisbatan bo‘lgan ma’muriy ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari Bosh prokuraturada ko‘rib chiqilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, fuqaro D.Xudaykulov 12.10.2018 yil “Neksiya” rusumli avtotransport vositasini boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib ketgan hamda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan J.Salayev boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport xodisasini sodir etgan.

Shuningdek, D.Xudaykulovning orqasidan harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi S.Rajapov uning boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasining orqa qismiga urilgan.

Ushbu holat yuzasidan Urganch tuman ma’muriy sudining 11.10.2019 yildagi qarori bilan D.Xudayqulov MJtKning 133-moddasi, S.Rajapov MJtKning 134-moddasi va 135-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida, ya’ni 552.000 so‘mdan jarima jazosi tayinlangan.

Shu bilan birga, ushbu qarorda D.Xudaykulovdan J.Salayevning foydasiga avtotransport vositasiga yetkazilgan zarar uchun 1.778.000 so‘m, S.Rajapovdan D.Xudaykulovning foydasiga 264.000 so‘m moddiy zarar undirish ko‘rsatilgan.

Xorazm viloyat ma’muriy sudi kassasiya instansiyasining 16.01.2020 yildagi qarori bilan birinchi instansiya sudi qarori o‘zgartirilib, D.Xudaykulovga nisbatan tayinlangan jarima jazosi eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida, ya’ni 184.300 so‘m etib belgilangan.

Sudda D.Xudaykulovning sodir qilgan huquqbuzarligi ishda to‘plangan tushuntirish xatlari, yo‘l-transport xodisasi chizmasi, fotosuratlar hamda boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan huquqbuzar D.Xudaykulovning ayblilik masalasi dalillar bilan to‘liq tasdiqlanmaganligi asos qilinib, ishning unga oid qismini tugatish haqida Oliy sudga nazorat tartibida protest keltirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh prokuraturaga taqdimnoma kiritilgan.

Biroq, taqdimnomada keltirilgan vajlar ish hujjatlarida o‘z tasdig‘ini topmaganligi bois, taqdimnoma quvvatlanmasdan qaytarilgan.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura tomonidan D.Xudaykulovning murojaati asosida ushbu ma’muriy ish qayta o‘rganib chiqilib,

Oliy sud ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga protest keltirish uchun asoslar aniqlanmagan.

Kiritildi: 17:55 18.03.2021. O'qildi: 3041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!