Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bosh prokuratura tomonidan qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura tomonidan qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi, Chust va Mingbuloq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “N.O.” xususiy korxonasi hamda “M.I.” MCHJga qarashli alkogol mahsulotlari savdo do‘konlarida 13 turdagi jami 953 dona turli hajmdagi qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirida “S.Ch.” MCHJ rahbari O.J. savdo do‘konida jami 576 dona “Qaratau” va “Stolichnaya” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "X." oilaviy korxonasiga qarashli savdo do‘konidan qo‘lbola usulda tayyorlangan jami 302 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Andijon tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.S. fuqaro A.R.ga chet elda ishlab chiqarilgan 5 turdagi jami 52 dona alkogol mahsulotlarini 40,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:37 14.06.2024. O'qildi: 762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!