Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bosh prokuratura Pastdarg‘omda pichoqlangan bola va voqea haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Pastdarg‘omda pichoqlangan bola va voqea haqida ma’lumot berdi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida voyaga yetmagan bola pichoqlangandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati bilan bog‘landik. Prokuratura mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Bugun, 19 yanvar kuni soat 6:55 larda Pastdarg‘om tuman IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 19 yanvar kuni soat 3:00 larda Pastdarg‘om tumani Nomozgoh mahallasi, Guliston ko‘chasida yashovchi fuqaro B.O‘.ning uyiga noma’lum shaxslar ochiq eshik orqali kirgan. Uy egasining alohida xonada yotgan nabirasi B.O‘.ning bosh va yuz sohalariga noma’lum jism bilan bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

So‘ng, xonadagi devorda o‘rnatilgan temir seyf eshigini buzish orqali ochib, uning ichida bo‘lgan katta mikdordagi pul va tilla buyumlarni talon-toroj qilib voqea joyidan yashiringan. Voyaga yetmagan B.O‘. tez tibbiy yordam orkali RSHTTYOIM Samarqand filialiga olib borilgan. RSHTTYOIM Samarqand filialining 19.01.2019 yilgi ma’lumotnomasiga ko‘ra, B.O‘.ga yopiq KST, bosh miyaning lat yeyishi, boshning tepa va pastki sohalari hamda yuz qismiga ko‘plab jarohatlar mavjudligi ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda voyaga yetmagan B.O‘.ga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga viloyat prokurorining 1-o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat IIB TB boshlig‘i, tuman prokurori A.Valiyev, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB TB boshlig‘i va boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 hamda 97-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur xolat yuzasidan Bosh prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Kiritildi: 13:03 20.01.2019. O'qildi: 3341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!