Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bosh og‘rig‘ini dori-darmonsiz yengish usullari

Bosh og‘rig‘ini dori-darmonsiz yengish usullari

Kutilmaganda boshingiz og‘rib qolsa, xona haroratigacha ilitilgan 1 stakan suv iching. Organizmdagi suvsizlanish tufayli bosh sohasida og‘riq qo‘zg‘alishi mumkin.

Kofein ham bosh og‘rig‘ida asqotadi. Ammo qon bosimi yuqori bo‘lganlar uchun bir finjon qahva kifoya.

Uzum, olxo‘ri yoki klyukva tarkibida yallig‘lanishga qarshi birikmalar hamda antioksidantlar bor. Og‘riq kuzatilganida bir shingil uzum, bir hovuch olxo‘ri yoki klyukva mevasidan yeyish, xuddi og‘riqsizlantiruvchi preparat qabul qilishdek ta’sir qiladi.

Ba’zan boshdagi og‘riq qonda qand miqdorining kamayib ketgani sababli ham yuz berishi mumkin. Bunda sizga bir o‘ram achchiq shokolad yoki bir likopcha suli yormasidan tayyorlangan yegulik yordam beradi.

V 12 vitaminiga boy bo‘lgan ko‘katlar toliqish asoratida kelib chiqadigan bosh og‘rig‘iga davo sanaladi. Barra ko‘katlardan salat tayyorlab, kunora iste’mol qilsangiz bosh og‘rig‘i bezovta qilmaydi.

Bodring va tarvuz o‘zida suyuqlik miqdorini mujassam etgan poliz ekinlari hisoblanadi. Og‘riq yuzaga kelganida ikkita bodring yoki bir tilim tarvuz ayni muddao.

Keskin bosh og‘rig‘ida nam sochiqni ensa sohasiga qo‘yib, 8-9 daqiqa ushlab turish foyda berishi mumkin. Muolajadan so‘ng bo‘yinning bosh bilan tutashgan qismini yengil uqalash lozim.

Kiritildi: 06:30 04.09.2019. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!