Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Boltiqbo‘yi mamlakatlari 8 fevral kuni Rossiya elektr tarmog‘idan uzilib, Yevropa tarmog‘iga qo‘shiladi

Boltiqbo‘yi mamlakatlari 8 fevral kuni Rossiya elektr tarmog‘idan uzilib, Yevropa tarmog‘iga qo‘shiladi

"Hozirgi vaqtda Estoniya, Latviya va Litva energiya tizimlari IPS/UPS tizimida ishlaydi, bunda chastota Rossiya tomonidan boshqariladi. Kontinental Yevropa energiya tizimi bilan sinxronizasiya tizimdagi chastotani mustaqil ravishda nazorat qilish va oshirish imkonini beradi. Bu esa Boltiqbo‘yi davlatlarining energiya xavfsizligini ta’minlaydi", deyiladi Estoniyaning Elering energetika kompaniyasi bayonotida.

16 iyul kuni Boltiqbo‘yi mamlakatlari elektr energetika tizimlari Rossiya va Belarus elektr energetika tizimlari operatorlarini BRELL shartnomasidan (Belarus – Rossiya – Estoniya – Latviya – Litva energiya halqasi) chiqishlari to‘g‘risida rasman xabardor qilgan edilar. Estoniya, Latviya va Litva SSSR davridan beri Rossiya tomonidan boshqariladigan yagona sinxron energiya zonasining bir qismi bo‘lgan.

Kiritildi: 22:36 29.11.2024. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!