Boliviyada harbiy samolyot halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi.
Bu haqda France Presse mahalliy polisiyaga tayanib xabar bermoqda.
"Poytaxt La-Pas yaqinida Boliviya harbiy yuk samolyotining halokati oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi", dedi polisiya.
Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Marsela Flores samolyot halokatida 15 kishi halok bo‘lgani va 28 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edi.