"Bolgariya hukumati seshanba kuni 2026 yil uchun mo‘ljallangan byudjet loyihasini parlamentdan qaytarib oldi. So‘nggi kunlarda mamlakat poytaxti Sofiya va boshqa shaharlarida minglab odamlar aynan shu byudjetga qarshi namoyishlarga chiqmoqda. Loyiha xususiy biznes uchun soliq stavkalarini oshirishni nazarda tutardi", deya xabar bermoqda nashr.
Norozilik aksiyalari 26 noyabrda boshlangan, 1 dekabr, dushanba kuni esa poytaxt Sofiyada parlament binosi oldiga minglab odamlar yig‘ilgan. Namoyishlar Bolgariyaning Plovdiv, Varna, Burgas va boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.
2 dekabr kuni tinch namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Sofiya meri Vasil Terziyev poytaxtdagi namoyishlar so‘nggi o‘n yildagi eng kattasi bo‘lganini aytdi.
Muxolifat hukumatni ish beruvchilar uchun ijtimoiy soliqlarni va dividend solig‘ini oshirib, davlat sektori xarajatlarini ko‘paytirishga urinishda ayblamoqda. Bundan tashqari, namoyishchilar hukumatdagi korrupsiyaga qarshi chiqayotganini bildirgan.