Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Bolgariya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermasligini e’lon qildi

Bolgariya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib bermasligini e’lon qildi

Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev mamlakat hukumati Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatganini tasdiqladi.

Avvalroq mamlakat mudofaa vaziri Dimitar Stoyanov Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish rejalari yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

“Hukumat Bolgariya armiyasining arsenallaridan Ukrainaga qurol berishni to‘xtatadi. Biz allaqachon yetarlicha berdik... Biz yana bir bor diplomatik yechim izlashga chaqiramiz”, - dedi Radev vazirlar kengashi brifingida.

Bolgariya mudofaa vaziri keyin Ukrainaga qurol-yarog‘larni tijorat asosida yetkazib berish imkoniyatini istisno qilmadi. Bosh vazir esa bu savolni javobsiz qoldirdi.

Moskva G‘arbning Ukraina rejimiga qurol yetkazib berishi mojaroni cho‘zishini bir necha bor ta’kidlagan va qurol ortilgan har qanday transport Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishidan ogohlantirgan.

Kiritildi: Bugun 12:33. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!