Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Bolgariya prezidentlari o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmasevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperasiyani yo‘lga qo‘yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Bolgariya prezidenti IV Toshkent xalqaro investisiya forumida ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 21:48 09.06.2025. O'qildi: 812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!