Rossiya Ukrainada uzoq muddat urush olib borishga tayyor, Kiyev tomonidan yon berilmasligi esa Ukrainaga yanada katta hududiy yo‘qotishlarga olib keladi,
Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy bu haqda The Wall Street JournalJourn nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, Medinskiyning so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi so‘nggi muzokaralar arafasida Rossiya strategik aviasiyasiga qilingan hujum muzokaralarga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan.
"Rossiya bilan uzoq urush olib borishning iloji yo‘q. Bunday urushlar 21 yil davom etishi mumkin, bunga misol sifatida Rossiyaning Shvesiya bilan urushini misol keltirish mumkin. Biz urushni xohlamaymiz, tinchlikni istaymiz. Ammo agar Ukraina boshqa davlatlarning milliy manfaatlari asosida harakat qilishda davom etsa, biz bunga javoban choralar ko‘rishga majbur bo‘lamiz", — deya ta’kidladi Medinskiy.
Uning aytishicha, Rossiya urushni yakunlamoqchi, chunki bu mojaro Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni chuqurlashtirmoqda.
"Bu xuddi ikki aka-uka o‘rtasida kim aqlliroq va muhimroq ekanligi haqidagi bahsga o‘xshaydi. Afsuski, bu mojaro bizning qarashlarimizdagi farqni yanada chuqurlashtirmoqda va aynan shu sababli biz uning iloji boricha tezroq yakunlanishini xohlaymiz", – deya qo‘shimcha qildi Medinskiy.