Bolgariya prezidenti Rumen Radev «Maktabgacha va maktab ta’limi to‘g‘risida»gi qonunga LGBT* targ‘ibotini taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar beradi Bolgariya Milliy radiosi .
O‘tgan hafta Bolgariya Xalq Assambleyasi (parlamenti) maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida noan’anaviy jinsiy oriyentasiyani targ‘ib qilishni taqiqlashni ma’qulladi. Jamoat tashkilotlari va fuqarolik faollari qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga veto qo‘yishni so‘rab, prezident devoniga ariza bilan chiqishdi.
Radevning matbuot xizmati davlat rahbarining bahsli tuzatishlarga qanday munosabatda ekanligi so‘ralganda, u o‘z munosabatini imzolash orqali bildirganini aytdi.