Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Ma’lum bo‘lishicha, endi voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilib, ularni so‘roq qilish jarayoni videoga qayd etiladi.
Shuningdek, bolalarni taqiqlangan axborotdan himoya qilish hamda ularning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari takomillashtiriladi.