Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Rayyan Kids Land» oilaviy korxonasi lisenziyasini bekor qilish haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi.
Sud qaroriga ko‘ra, mazkur nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 2025 yil 13 avgustda berilgan lisenziya bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bog‘chada tarbiyalanuvchilarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan jamoatchilikda keng muhokamalar bo‘lib, tegishli tekshiruvlar o‘tkazilgan edi.