“Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–6275-son, 09.08.2021 y.) qabul qilindi.
🔰 Farmonga ko‘ra:
👉 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) instituti ta’sis etildi;
👉 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi tugatildi.
🔰 Bolalar ombudsmani:
👉 o‘z vakolatlarini mustaqil amalga oshiradi, faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir;
👉 Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
💼 Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.
➡️ Farmonga ko‘ra, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
🔘 Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan quyidagilar tashkil etiladi:
➖ Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibida Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘’basi;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati;
➖ tuman (shahar) hokimliklarida bolalarni himoya qilish sho‘’balari.
☑️ Vazirlar Mahkamasi sho‘’basi va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining hududiy tuzilmalariga ishga birinchi navbatda “psixologiya”, “yurisprudensiya” va “ijtimoiy ish” sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega fuqarolar qabul qilinadi.