Samolyot qulagan joyga Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 52 nafar xodimi va 11 birlik texnikasi Aktauga yetib keldi.
Bu haqda Qozog‘iston OAVlari xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, samolyot AZAL kompaniyasiga tegishli.
"Samolyot qulaganidan so‘ng qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni o‘chirishga kirishdi, qurbonlar borligi haqida dastlabki ma’lumotlar bor", — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.