Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Bokuda “Sputnik Ozarboyjon” agentligining besh nafar xodimi tilxat asosida ozod qilindi

Bokuda “Sputnik Ozarboyjon” agentligining besh nafar xodimi tilxat asosida ozod qilindi

“Sputnik Blijnee zarubejYE” xabariga ko‘ra, gap agentlikning Ozarboyjon fuqaroligiga ega bo‘lgan xodimlari haqida bormoqda.

30 iyun kuni Ozarboyjonda “Sputnik Ozarboyjon” agentligining yetti nafar xodimi tintuvlardan so‘ng qo‘lga olingan edi. Ertasi kuni agentlik tahririyati rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousov hibsga olingandi.

“Sputnik Ozarboyjon” xodimlarining hibsga olinishi Moskva va Boku o‘rtasidagi diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi. Mojaro Yekaterinburgda qotillik ishi bo‘yicha ozarboyjon diasporasi vakillari qo‘lga olinganidan keyin boshlandi. Qo‘lga olish chog‘ida asli ozarboyjonlik ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi.

Kiritildi: 23:15 03.07.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!