Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bokschi qizlarimiz Almatida g‘olib bo‘ldi

A A A
Bokschi qizlarimiz Almatida g‘olib bo‘ldi

Qozog‘istonning Almati shahrida boks bo‘yicha yosh qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Yermaxan Ibraimov sovrini uchun o‘tkazilgan an’anaviy musobaqada 2006-2007 yillarda tavallud topgan 100 nafardan ziyod bokschi 12 vazn toifasidagi janglarda ishtirok etdi.

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab bergan ushbu musobaqaning 9 ta vazn toifasida qozog‘istonliklar, qolgan 3 tasida esa o‘zbekistonlik bokschi qizlar oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Rahima Bekniyozova (-60), Hilolaxon Mashrabova (-50) va Jasmin Tohirova (-48) o‘z vaznlarida oltin medallarga ega chiqdi.

Kiritildi: 11:46 18.03.2024. O'qildi: 1021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!