Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Boks, JCH. O‘zbekiston delegasiyasi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda

Boks, JCH. O‘zbekiston delegasiyasi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda

Liverpul shahri mezbonligida kechayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun 3-kun bahslari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi va ularning barchasi g‘alabaga erishdi.

-51 kg: Feruza Kazakova - Yuliyett Xinestroza (Panama).
Feruza Kazakova panamalik Yuliyett Xinestrozani 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Kazakova uchun keyingi jang 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

-70 kg: Shavkatjon Boltayev - Kevin Skott (Shvesiya).
Shavkatjon Shvesiya vakili Kevin Skottni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. U endi 8 sentyabr kuni navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi.

-60 kg: Sitora Turdibekova - Tetiana Dovxal (Ukraina).
Bokschimiz -60 kg vaznda, ukrainalik Tetiana Dovxalni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bokschimiz birinchi raundni boy bergan bo‘lsa, keyin bo‘limlarda tajovuzkor harakat qildi va g‘alabaga erishdi.

+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Maria Lovchinska (Ukraina).
Ayollar o‘rtasid eng og‘ir vaznda vakilimiz Oltinoy Sotimboyeva ham ukrainalik Mariya Lovchinskani qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. 5:0. Bokschimiz keyingi bahsini chorak finalda 10 sentyabr kuni hindistonlik Nupurga qarshi o‘tkazadi.

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Mehmetxan Chinar (Turkiya) A ring. 00:30.
Abdumalik Xalokov turkiyalik Mehmetxan Chinarni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi — 5:0. Chempionimizning keyingi bahsi 8 sentyabrga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 08:52 07.09.2025. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!