Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Boks, JCH. Kecha ringga ko‘tarilgan barcha vakillarimiz g‘alabaga erishdi

Boks, JCH. Kecha ringga ko‘tarilgan barcha vakillarimiz g‘alabaga erishdi

Liverpul mezbonligida kechayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun 2-kun bahslari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi va ularning barchasi g‘alabaga erishdi.

-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Lai-Karlile Ali (Yangi Zelandiya)
Humorabonu Yangi Zelandiya vakilasi Lai-Karlile Alini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi — 5:0. Mamajonova keyingi bahsini 7 sentyabr kuni o‘tkazadi.

-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Navaf Avajiy (Saudiya Arabistoni)
Bokschimiz Saudiya Arabistoni vakili Navaf Avajiyni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Endi uning navbatdagi bahsi 9 sentyabrda bo‘lib o‘tadi, keyingi raqib — avstraliyalik Omer Izaz.

+90 kg: Jahongir Zokirov - Murad Kadiy (Jazoir)
Jahongir Zokirov jazoirlik Murad Kadiyni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Kiritildi: 09:04 06.09.2025. O'qildi: 1310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!